logo

Samarqandda Xitoy davlati bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi

Posted on Jul 09, 2023
Samarqandda Xitoy davlati bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi

Samarqandda Xitoy davlati bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi
Keyingi yillarda yurtimizda noyob yurak operatsiyalari, inson tana a'zolarini ko‘chirib o‘tkazish kabi murakkab jarrohlik amaliyotlarining yo‘lga qo‘yilishi hamda xavfli kasalliklar diagnostikasining yaxshilanishi sababli sifatli qon komponentlariga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortdi.

Birgina misol. Bugun bitta jigar transplantatsiyasi uchun 30 litrgacha qon plazmasi zarur. Shuning o‘ziyoq qonning ahamiyati naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi.

Shu jihatdan olganda gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni zarur qon komponentlari va dori vositalari bilan ta'minlash, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish dolzarb masalalardan biri.

Bugun Sog‘liqni saqalash vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xitoyning “Xindeyuan Bioengineering” kompaniyasi vakillari bilan ayni shu masalada muzokara o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 250 million dollarlik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish borasida muhim kelishuvga erishildi.

Ta'kidlash joizki, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq yurtimizda gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish uchun 128 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda qo‘llaniladigan 67 turdagi dori vositalari va reagentlar mamlakatimizga asosan chetdan keltirilmoqda.

Samarqandda 15 gektar maydonda qad rostlaydigan qon preparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi kutilayotgan farmatsevtika zavodi aholining bunday preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali import hajmini kamayishiga xizmat qiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.     manba

operator-i-doctor X

Salom qanday yordam kerak?